TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Aktam Ahmadovich Haitov O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, Aktam Haitov 2010-yil martidan 2014-yil iyuligacha O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri bo‘lib ishlagan edi.
2014 yil sentabridan "Biokimyo" aksiyadorlik jamiyatida iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktor bo‘lgan. 2016-yil kuzidan buyon O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart") bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.