Jamiyat

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida katta ehtirom bilan kutib olindi

© Kabinet po delam religiy UzbekistanaGruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana
Gruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Paygʻambar alayhissalomning shaharlariga kelgan oʻzbekistonlik ziyoratchilar poylariga poyandozlar toʻshaldi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik.  7-8 avgust kunlari Oʻzbekistondan joʻnab ketgan ziyoratchilarimiz eson-omon Madina shahriga yetib olishdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali. Ularni Amir Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi mutasaddilari va oʻzbekistonlik ishchi guruh aʼzolari katta ehtirom bilan kutib olishdi.

Xabarda aytilishicha, Paygʻambar alayhissalomning shaharlariga kelgan oʻzbekistonlik ziyoratchilar poylariga poyandozlar toʻshaldi. Boshlari uzra atirgullar sochildi. Muborak shaharga xushboʻy boʻlib kirsinlar deb, mushku anbarlar sepildi. Shirinligu xurmolar bilan siylanishdi.

Ziyoratchilarni aeroportning oʻzidanoq ularga Haj ibodati ruhini bagʻishlovchi salavotlar bilan qarshi olishdi.

Yangiliklar lentasi
0