TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻtgan tunda Orenburg yaqinida Mercedes mikroavtobusi va Chevrolet Lanos yengil avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlgan edi.
IIV matbuot xizmati xabariga koʻra, Bakalka qishlogʻida yashovchi 26 yoshli ayol boshqaruvi ostida boʻlgan Lanos avtomobili yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va mikroavtobus bilan toʻqnashgan. Oqibatda haydovchi ayol va uning yoʻlovchisi qurbon boʻlishgan.
Mikroavtobusda esa 17 kishi boʻlgan, ulardan 2 nafari haydovchilar va 15 nafari yoʻlovchi boʻlgan. Ulardan 12 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchnu kasalxonaga joylashtirilgan.