Orenburg yaqinida o‘zbekistonlik migrantlar avtobusi YTHga uchradi

Obuna bo‘lish
Migrantlar mingan mikroavtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvida yengil avtomobilda bo‘lgan 2 kishi qurbon bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Orenburg yaqinida mikroavtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvida ikki kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, mikroavtobusda o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lgan. Mikroavtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi qurbon bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan.

"Pavlovka — Xolodnie Klyuchi avtoyo‘lining 12 kilometrida, Chernorechye aholi punkti yaqinida mikroavtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Yengi avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi. Mikroavtobusda bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolari  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida kasalxonaga olib borilgan", — deyilgan xabarda.

Mikroavtobusda umumiy hisobda 17 kishi bo‘lgan. Ayni damda YTH tafsilotlari o‘rganilmoqda. FVV mahalliy bo‘limi xabariga ko‘ra,  Mercedes mikroavtobusi va Chevrolet Lanos yengil avtomobili to‘qnashuv natijasida bir necha kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0