Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

© Mehnat.uzAbduxakimov Aziz Abdukaxarovich
Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Abduhakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar qildi.

Wikipedia ma’lumotiga ko‘ra, Abduhakimov Aziz Abdukaxarovich 1974 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Iqtisodiy universitetini Iqtisodchi mutaxassiligi bo‘yicha tamomlagan. Yaponiyadagi Xitotsubasi Universitetida Magistraturani tamomlagan.

1993-2004 yillarda "Ipak Yo‘li", "Beriliner Bank AG", "O‘zpromstroybank" tashqilotlarida moliya mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

2004-2008 yillarda Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligining axborot-tahliliy bo‘limida ishlab kelgan.

2008-2012 yillarda Davlat Mulkini boshqarish qo‘mitasida birinchi o‘rinbosar va rais lavozimlarida ishlagan.  

2012-2014 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2014 yildan bo‘yon Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga rahbarlik qilib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0