TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari ishchi guruhlari davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bu haqda Bishkek meriyasi matbuot xizmatiga asoslanib Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston hukumati ishchi guruhi Namangan shahriga yetib kelgan bo‘lib, uchrashuvlar 13-avgustga qadar davom etadi.
Chegara bo‘yicha muzokaralar yangilanganidan buyon ikki mamlakat ishchi guruhlari o‘rtasida 15ta uchrashuv o‘tkazilgan.