TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Samarqandda “Shaboda” kafesi yonib ketdi, deb xabar qilmoqda "Facebook"dagi “Samarkand&Samarkandsi”guruhi a’zolari.
Ushbu kafe shahar markazida Universitet bulvarida SamDU o‘quv korpusi yonida joylashgan bo‘lib u talabalar orasida o‘zining muzqaymog‘i va xot doglari bilan mashhur edi.
Facebookdagi “Samarkand&Samarkandsi”guruhi a’zolari xabariga ko‘ra, yong‘in tun soat 2 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra yong‘inga elektr tarmog‘i sabab bo‘lgan. Kafening asbob uskunalari yonib ketgan.