Edinburgdagi Qirollik botanika bog‘ida dunyodagi eng badbo‘y o‘simlik hisoblanuvchi — titan arum gulladi. Ulkan g‘unchaning qay tarzda ochilganini taymlps-video yordamida tomosha qilishingiz mumkin.
Titan-arumni uni o‘ziga xos hidi tufayli ko‘pincha "murda guli" deb ham atashadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi barcha o‘simliklardan ko‘ra faqat uning hidi eng badbo‘y ekan. Titan-arum "ifori" aynib qolgan tuxum va baliq qorishmasini eslatadi.
Spectacular visit to @TitanArumRBGE with bonus underside of giant water lily pad! pic.twitter.com/pAevCmwfmr
— Koestler Parapsych (@KPUNews) 3 avgusta 2017 g.
Gul faqat unga teginilgan taqdirdagina o‘zidan hid taratishni boshlaydi.
Darvoqe, ushbu g‘aroyib o‘simlik juda ham mashhur — uni tomosha qilish va hidlab ko‘rish uchun botanika bog‘iga yuzlab kishilar tashrif buyuradilar.
Arumning gullashi faqat 2 kun davom etadi. Ayni vaqtda gul faqat maxsus oranjereyalarda yetishtiriladi va u ikki yilda bir marotabagina gullashi mumkin.