Hajga borayotgan urush faxriylariga oila a’zolari hamrohlik qilishiga imkon paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ushbu yil, oldin hajga borish imkoni bo‘lmagan, 73 nafar urushi faxriylariga prezident hisobidan haj safariga borish imkoni berilgan edi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi qaroriga asosan, ilgari haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan urush qatnashchilari Prezident ajratgan mablag‘ hisobidan haj ziyoratiga yuborishga qaror qilingan edi.

Ayni kunlarda ana shu farmon asosida O‘zbekistonda 73 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylari bo‘lgan nuroniylar haj safariga borish taraddudini ko‘rmoqdalar.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ushbu xayrli tadbir muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun bir qator chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Xususan, Urush faxriylarining oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlaridan biriga navbatsiz haj ziyoratiga borishga ruxsat berildi. Undan tashqari, har bir guruhga guruh rahbaridan tashqari bir nafar guruh rahbarining yordamchilari hamda ikki nafar malakali shifokor ajratildi.

O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi ma’lumotiga asosan.

Yangiliklar lentasi
0