TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Fillipin poytaxti Manilada ASEAN - Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlar assotsiatsiyasiga kiruvchi davlatlarning Xavfsizlikka bag‘ishlangan 24-kengashi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sergey Lavrov boshchilgidagi Rossiya delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbirini yoritish uchun kelgan rossiyalik jurnalistlardan 5-6 kishi, jinsi shim kiygani tufayli matbuot markaziga kiritilmadi, db xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tadbir tashkilotchilari oldindan barcha ishtirokchilarga smart casual uslubida kiyinish kerakligi haqida ogohlantirishgan edi.
Smart casual kiyinish uslubini o‘zbekchada “kundalik chiroyli” kiyinish deb atash mumkin. Bu yarim rasmiy uslub hisoblanadi. Smart casual – uslubi kostum va galstuk o‘rniga shim yoki jinsi shim hamda va bleyzer (pidjak) kiyishni nazarda tutadi. Shuningdek, albatta yengi uzun ko‘ylak va tufli bo‘lishi kerak. Galstuk taqish shart emas.