TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Oliy Majlisning qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Mamajonov xabar berishiga ko‘ra, ayni damda qonunchilik palatasi "Toshkent shahri tumanlarining Xalq deputatlari kengashlariga saylov to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Qonun ishlab chiquvchilar fikriga ko‘ra, toshkent shahrining har bir tumanda Xalq deputatlari kengashi tashkil qilinishi bir necha masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini berar ekan.
Xususan, Toshkent shahri tumanlari mahalliy budjetini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni mahalliy darajada hal qilish, shuningdek tumanlarga hokim saylashni ham ushbu tuman xalq deputatlari kengashi orqali amalga oshirish mumkin bo‘lar ekan.
"Ushbu qonunning qabul qilinishi, jamoatchilikning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlardagi ishtiroki yanada kengaytirgangan bo‘lar edi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Chilionzor tumaniga bo‘lgan tashrifi davomida Toshkent shahrining 11 tumanida Xalq deputatlari kengashi tashkil qilishni maslahat bergan edi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 99 bandiga binoan, shuningdek "Mahalliy boshqaruv organlari to‘g‘risida"gi qonunga asosan, tumanlarga bo‘y sungan shaharlarda va shaharga bo‘y sungan tumanlarda xalq deputatlari kengashlari tashkil qilish cheklangan.