Hindistondagi universitetda talabalar o‘zbek tilini o‘rganishmoqda

© IA "Jaxon"V Indii otkrit ugolok uzbekskogo yazika i kulturi
V Indii otkrit ugolok uzbekskogo yazika i kulturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek tili va madaniyati xonasi O‘zbekistonning qadimiy ma’naviy-madaniy boyliklari va mamlakatning bugungi qiyofasini aks ettiruvchi xalq amaliy san’ati buyumlari, fotosuratlar bilan jihozlangan

TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Hindistonning yirik oliy o‘quv muassasalaridan biri bo‘lgan Jamiya Milliya Islamiya universitetida o‘zbek tili va madaniyati xonasi tashkil etildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar qilmoqda.

Uzbekskiy student pisal uchebnik uzbekskogo yazika dlya koreysev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talaba Koreyada o‘zbek tili darsligini nashr ettirdi

O‘zbek tili va madaniyati xonasi O‘zbekistonning qadimiy ma’naviy-madaniy boyliklari va mamlakatning bugungi qiyofasini aks ettiruvchi xalq amaliy san’ati buyumlari, fotosuratlar bilan jihozlangan.

Shu bilan birga universitet talabalariga O‘zbekiston tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analarini yaqindan o‘rganish imkonini beruvchi o‘zbek tilidagi kitoblar, risolalar, jurnallar ham joylashtirilgan.

Universitetning o‘zbek tili o‘qituvchisi, professor Shahid Taslimning aytishicha, mazkur o‘quv muassasasi Hindistondagi o‘zbek tili o‘qitiladigan yagona oliygohdir. Uning ma’lumot berishicha, bu yil o‘zbek tili kurslarida o‘qish uchun 30ga yaqin talaba ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0