Xitoy o‘zbekistonlik mansabdorlarga viza berish tartibini soddalashtirdi

Obuna bo‘lish
Endi davlat xizmatchilari va ishbilarmonlar viza olish uchun Xitoyning vakolatli tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy taklifnomani taqdim etish kerak bo‘lmaydi.

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. 2017-yil 1-avgustidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat yoki tijorat maqsadlarda boradigan o‘zbekistonliklar uchun viza olish tartibi soddalashtirildi, deb xabar qildi Savdo-sanoat palatasi.

Yaponiya o‘zbekistonliklarga viza olish tartibini soddalashtirdi

Endi davlat xizmatchilari va ishbilarmonlar viza olish uchun Xitoyning vakolatli tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy taklifnomani taqdim etish kerak bo‘lmaydi.

O‘zbekiston vazirlik va idoralar xodimlari viza notasini rasmiylashtirish uchun rasmiy xat yoki ushbu tashkilotlarning kafolat xatlari yoki oddiy Xitoy tomoni taklifiga asosan rasmiylashtiradilar.

Tadbirkorlar uchun vizalar Savdo sanoat palatasining kafolat xati asosida rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-15 may kunlari Xitoyda tashrifi davomida Xitoy va O‘zbekiston orasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostansiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolangan. Sal oldin esa ikki mamlakat tashqi savdo hajmini 10 mlrd dollardan oshirishga kelishgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0