TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lm vazirligi tomonidan 2017-yilda 729 ming nafar abituriyentlardan hujjat qabul qilindi. Oshgan ehtiyoj talabini qondirish maqsadida talabalarni qabul qilish 14%ga, ya’ni 57 907 nafardan 66 316 nafarga oshirilgan, bundan tashqari ko‘paytirilgan kontrakt to‘lovi bo‘yicha qabul joriy qilingan edi.
Milliy xavfsizlik xizatlari xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi a’zosi, "Geografiya va geologiya" fakultetining "Ijtimoiy geografiya" kafedrasi mudirasi Nilufar Komilovani qo‘lga olishdi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz".
Olib borilgan tekshiruvlar jarayonida shu holat ayon bo‘ldiki, Komilova fuqaro "M.D"ga O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirishida amaliy yordam berish va’dasi bilan undan 5 ming AQSh dollar talab qilgan.
N.Komilova o‘z noqonuniy xatti-harakatlariga to‘liq iqror bo‘lgan.
Toshkent shahri Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan N. Komiovaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.