Ko‘chmas mulk haqidagi barcha ma’lumotlarni onlayn tarzda bilish mumkin bo‘ldi

© findaPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur onlayn-resurs ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini, xonadon manzilini, yashash xonalari soni va ko‘chmas mulkning inventar bahosini bilish mumkin

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlarni aniqlash xizmatini sinov rejimida ishga tushirdi.

U orqali ko‘chmas mulk joylashgan manzilni, uning inventar bahosini, yashash xonalari va maydonini, unga nisbatan taqiq bor-yo‘qligini, soliq stavkalari bo‘yicha iqtisodiy zonani ham bilish imkoni mavjud.

Mazkur resurs fuqarolar va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk bo‘yicha murojaatlari hajmi oshganligi tufayli yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0