Qashqadaryoda 4 yashar bola uchinchi qavatdan tushmoqchi bo‘ldi

© Press-slujba MChS Rossii / Mediabankka o‘tishMChS xodimlari
MChS xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshi shahrida 2013-yilda tug‘ilgan bolakay uyning derazasini ochib, uchinchi qavatdan pastga tushmoqchi bo‘lgan. Bu haqda qo‘shnilari tomonidan xabar berilgan

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Qashqadaryoda 4 yashar bola uchinchi qavatdan tushmoqchi bo‘ldi, baxtsiz hodisaning oldin olindi deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2017-yilning 1-avgust kuni kech soat 21:00da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchi guruhiga ma’lumot kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha Qarshi shahrida 2013-yilda tug‘ilgan bolakay uyning derazasini ochib, uchinchi qavatdan pastga tushmoqchi bo‘lgan. Bu haqda qo‘shnilari tomonidan xabar berilgan.

Jazirama - Sputnik O‘zbekiston
FVV jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
"Mazkur holatning kelib chiqishi, bolaning kun davomida qarovsiz uyda yolg‘iz qolib ketganligi sabab bo‘lgan", — deb ta’kidlangan xabarda.

Olingan tezkor xabar bo‘yicha, mas’ul navbatchi guruhi zudlik bilan (10 daqiqa ichida) voqea joyiga yetib borib, bolani maxsus tog‘ anjomlari yordamida bolani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

© Press-slujba MChS UzbekistanaQarshida 4 yashar bola 3 qavatdan sakramoqchi bo‘ldi
Qarshida 4 yashar bola 3 qavatdan sakramoqchi bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida 4 yashar bola 3 qavatdan sakramoqchi bo‘ldi

Aniqlik kiritilishicha, FVV xodimlari bolani 5 qavatli uyning qo‘shni xonadoni orqali 3-qavatga tushib, bola yashaydigan xonadonning ochiq oynasi orqali pastga olib tushib qutqarib qolishgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakati natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olingan.

Xabarga ko‘ra, FVV xodimlari qarovsiz qoldirilgan bolaning ota-onasi bilan bog‘lana olmagach, uni sog‘-salomat IIB xodimlariga topshirishgan.

Yangiliklar lentasi
0