Toshkentda "Matiz" mingan yigit homilador ayolni urib ketdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTez tibbiy yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH Qoratosh ko‘chasida, 31 raqamli uy ro‘parasida yuz bergan. Avtomobil halokati oqibatida homilador ayol o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘i lat yegan. Afsuski, ayol homilasidan ham ayrilgan

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkentda yuz bergan yo‘t transport harakati oqibatida homilador ayol jarohat oldi: haydovchining beg‘amligi tufayli ayolda homila tushishi ro‘y berdi.

Yo‘ldagi belgi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi dahshatli avariya: avtomobil qismlarga bo‘linib ketdi
Ma’lum bo‘lishicha, 1-avgust kuni ertalab Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan 26 yashar yigit uch kishini urib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Hodisa Qoratosh ko‘chasida, 31 raqamli uy ro‘parasida yuz bergan. Avtomobil odamlarni urishi oqibatida homilador ayol o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan lat yegan. Afsuski, ayol homilasidan ham ayrilgan. Homilaning necha oylik bo‘lgani noma’lum. Ayol 7 tug‘ruqxonaga olib ketilgan.

Qolgan ikki yo‘lovchilar — 52 yoshli ayolning ko‘krak qafasi jarohatlangan, 24 yashar yigit esa yengil jarohatlar bilan qutulgan.

Ikkalasi ham Shoshilinch tibbiy yordam Respublika markaziga olib ketilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0