TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudyasi bo‘lib ishlagan Anvarjon Ziyayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmini chiqardi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
O‘tgan yili MXX tezkor xodimlari tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudyasi Anvarjon Ziyayev pora tariqasida 100 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.
"Sudya Ziyayev chiqarilgan sud hukmini o‘zgartirish va jinoyat ishi materiallarini qo‘shimcha tergovga yuborish uchun yuz ming dollarni talab qilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 210-moddasi pora olish, 231-moddasi adolatsiz hukm chiqarish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov amalga oshirilgan", — deb ta’kidladi MXX vakili.
Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Anvarjon Ziyayevga 12-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.