Angel’s Cafe rahbariyati kafeda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha izoh berdi

© SputnikNa meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente
Na meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kafe xodimlari kechasi konditsioner o‘chirishni unutib qo‘yganligi uchun binoning orqa tomonida yong‘in kelib chiqqan

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Angel's Cafe ma’muriyati yong‘in kelib chiqish sabablari va kafeni ish faoliyatini tiklash bo‘yicha rejalari to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

2017 yil 2-avgust kuni kechasi Angel's Cafe binosida yong‘in yuz berdi. Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in  kechasiga yoqilgan holda tashlab ketilgan konditsionerning qizib ketishi oqibatida yuz bergan. Buning natijasida bino yon fasadi, ya’ni Angel's Drive haydovchilariga tayyor taomlar beriladigan joyiga yong‘in tushgan.

© SputnikNa meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente
Na meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Na meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente

"Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in tezlik bilan bartaraf etilib, uni ikkinchi qavatga yuqorilab ketishi oldi olindi. Kechasi bilan voqea joyida yongan narsalardan tozalash ishlari amalga oshirildi. Kafening ichki qismi interyer qoplamasi jikastlangan, mebelga qurum bilan qoralangan, kafening asosiy qismiga esa yong‘in yetib kelmagan"- dedi kompaniya vakili.

© SputnikNa meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente
Na meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
Na meste pojara v zdanii Angel's Cafe v Tashkente

Yong‘in natijasida jiddiy ziyon yetkazilishiga qaramasdan Angel's Cafe rahbariyati kafega interyerini to‘liq almashtirishga qaror qildi. Tez vaqtlarda ta’mirlash ishlari yakunlanib, kafe o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

Angel's Cafe rahbariyati o‘z mijozlaridan ushbu noqulayliklar uchun uzur so‘raydi. Tez fursatlarda kafe mehmonlarini mazali taomlar va birinchi darajali xizmat bilan xushnud etishni davom etishga va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0