TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. "Iste’dod" jamg‘armasi mingga yaqin kishini xorijdagi o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun jo‘natadi. Bu haqda jamg‘arma ijrochi direktori Abdunabi Pardayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Yangi dasturga ko‘ra, 2017-2018 o‘quv yilida 600dan ortiq pedagog malaka oshirishga jo‘natiladi.
"Bundan tashqari, bu yil grantlar bo‘yicha 150ga yaqin ilmiy mutaxassisni, magistratura dasturi bo‘yicha 100 nafar va PhD dasturlari bo‘yicha 110 kishini xorijga jo‘natishni rejalashtirganmiz", dedi u.
Pardayevning aytishicha, o‘qish xarajatlari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bir yillik dasturni amalga oshirish uchun 42 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.