"O‘zbekiston havo yo‘llari" Telegramda o‘z kanalini ochdi

Obuna bo‘lish
Ushbu kanal orqali foydalanuvchilar aviakompaniyaning yangi yo‘nalishlari, reklama tariflari, maxsus takliflar hamda aviakompaniya rasmiy saytida joylashtiriladigan xabarlar bilan tanishishlari mumkin

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Telegram messenjerida "Uzbekistan Airways" kanali ochilganligini ma’lum qildi.

Ushbu kanal orqali foydalanuvchilar Milliy aviakompaniya faoliyati haqida ma’lumot olishi, xususan, yo‘lovchi tashish qoidalari, u yoki bu mamlakatga kirish tartibi, aviakompaniyaning yangi yo‘nalishlari, reklama tariflari, maxsus takliflar hamda aviakompaniya rasmiy saytida joylashtiriladigan xabarlar bilan tanishishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0