Iqtisodning "o‘zbekcha modeli" bormi?

© Dom shlyapTubeteyka uzbekskaya
Tubeteyka uzbekskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz o‘zgarishlar zamonida yashamoqdamiz. Mana islohotlar ham boshlandi, jumladan uzoq kutilgan valyuta bozori islohotlari. Demak iqtisodiy rivojlanishning yangi modeli kirib kelmoqda. Shu o‘rinda eski modelga bir nazar tashlasak.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. 1996 yilda O‘zbekistonla konvertatsiyani cheklab valyuta resurslarini asosan sarmoya loyihalari orasida taqsimlash haqida qaror qabul qilinganidan beri 21-yil o‘tdi. Bu iqtisodning "o‘zbek modeli" tashkil qilinishining boshi bo‘lgan edi deb yozadi Yuliy Yusupov, mustaqil iqtisodchi ekspert.

"O‘zbek modeli"ning xususiyati quyidagilar:

1. Davlat barcha iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etadi.  Jumladan, kredit, xom-ashyo va mehnat resurslarni taqsimlashda, valyuta kurslarini va protsent stavkalarini belgilashda, mol-mulkni taqsimlashda va pul-kredit munosabatlarini boshqarishda.

2. O‘ta faol investitsion siyosat olib boriladi. Iqtisodning strategik muhim sohalariga turli yo‘llar bilan imkon qadar ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi, xususan:

     a. valyuta almashtirishni cheklash, sarmoyali loyihalarga ustunlik berish yo‘lib bilan;
     b. sarmoya kerak bo‘lgan sohalarga imtiyozli kreditlar berish yo‘li bilan;
     c. davlat budjeti mablag‘larini yo‘naltirish, katta miqdorda soliq imtiyozlari berish yo‘li bilan;

3. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga harakat qilish. Import hajmini cheklash maqsadida, cheklangan miqdordagi tovar va mahsulotlarni mamlakat ichida ishlab chiqarishga harakat qilish. Ushbu maqsadda import mahsulotlari kirib kelishiga turli yo‘llar bilan cheklov qo‘yish.

"O‘zbek iqtisodiy modeli"ga ko‘ra, yuqorida aytib o‘tilgan uslublar iqtisodning "strategik muhim sohalarini", asosan ishlab chiqarish sektorlarini  tezkor rivojlantirishga qaratilgan edi.

Iqtisodiy merkantilizm

Aslida, iqtisodni rivojlantirishda hech qanday "o‘zbekcha model" yo‘q. Shunga o‘xshash uslublardan turli vaqtda turli mamlakatlar foydalanishgan. Ushbu model  1950-1970 yillarda sobiq SSSR bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan mamlakatlar orasida keng tarqalgan bo‘lgan.   

Taniqli iqtisodchi Ernando de Soto iqtisodning ushbu modeliga "merkantilizm" deb nom bergan. Uning aytishiga qaraganda, mamlakat ushbu modeldan qanchalik tez voz kechsa, shunchalik tezroq muvaffaqiyatli rivojlanish yo‘liga tushar ekan.

1980-1990 yillarda "Sotsialistik ittifoq" tarqalib ketganidan keyin bunday iqtisodga bo‘lgan "moda" ham o‘tib ketgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyati xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishga, eksport, bozor munosabatlarini hamda raqobatchilikni rivojlantirishga harakat qila boshladi.

Ushbu yo‘lda hamma ham muvoffaqiyatga erishdi deb bo‘lmaydi — ayrim mamlakatlarda merkantilizm tomirlari juda chuqur ildiz otgani tufayli, tez orada undan voz kechishning iloji bo‘lmadi. Lekin Gruziya, Estoniya, Xitoy, Vyetnam kabi qat’iyat va bosqichma-bobsqich islohotlar o‘tkazib kelgan mamlakatlarda — muvaffaqiyatga erishildi.   

Import o‘rnini bosishga harakat qiladigan va iqtisod jarayotlariga davlat bevosita aralashadigan mamlakatlar umuman qolmadi. O‘zbekiston esa 1996-yilda aslida ana shunday mamlakatga aylandi.

Tahlil va faktlar

Xo‘sh 21-yil davomida "O‘zbek modeli" nima berdi? Shu o‘rinda, 2003-2008 yillarda iqtisodda nisbatan yengillik davri bo‘lganini qayd etish kerak. O‘shanda biroz cheklangan miqdorda bo‘lsada, konvertatsiya kiritilgan edi. Biznes uchun ko‘plab to‘siqlar olib tashlangan edi.

Lekin hamma narsa qiyoslashda bilinadi. O‘zbekiston olib borgan merkantillik siyosati (de Soto terminidan foydalanimz) sobiq Ittifoqning boshqa mamlakatlariga nisbatan biror ustunlik berdimi?

Iqtisod rivojlanishining rasmiy ko‘rsatkiyachlariga (YaIM o‘sishiga) nazar solsak, bizning iqtisod birinchilar qatoridan joy oladi. 1995-yildan boshlab O‘zbekistonda iqtisod o‘sish ko‘rsatkichi faqat Xitoy hamda uglevodorod manbaalariga boy bo‘lgan Ozarbayjon va Turkmanistondan orqada.

1995 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan YaIM o‘sishi miqdori,  1995 yil = 100:

Ushbu ko‘rsatgichga ko‘ra hamma narsa yaxshi, lekin O‘zbekiston iqtisodining rasmiy ko‘rsatgichlari har doim ham haqiqatni ko‘rsatmaydi. nerealistichnosti.

Xo‘sh, iqtisodning "o‘zbekcha modeli" o‘zini oqladimi yo‘qmi, qanday bilish mumkin?

O‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarning naqadar muvaffaqiyatli bo‘lganini belgillashda xalqaro hamjamiyat Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatgichi hisoblanadi.  

Quyida jahon bankining sobiq SSSR mamlakatlari va Osiyoning sotsialistik mamlakatlari aholisining o‘rtacha daromad miqdori, YaMD ko‘rsatkichi keltirilgan.

Yalpi milliy daromad 2015-yil, $

Shuni aytib o‘tish kerak-ki, O‘zbekiston YaMDi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha hisoblangan. Agar bozor kursida hisoblansa, uni yana ikkiga bo‘lish kerak.

Buni qo‘yidagi natijalar ham tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot mualliflari o‘rtacha maosh miqdorini hisoblab chiqishgan. Valyuta kursi 2tadan ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda, ular bozor kursidan foydalanishgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, tezkor industrializiyatsiya qilish siyosati bizning mamlakatga boyib ketishga imkon bermagan. Bizning fuqarolarimiz daromadi ko‘rsatilgan mamlakatlar orasida eng kam. "O‘zbekcha model" bo‘lmaganida, bizning daromad bundan ham kam bo‘lishi mumkinmidi?

Afsuski, quyidagi tablitsadan ko‘rinib turibdiki, bizning yalpi milliy daromad ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlar orasida, 2000-yildan buyon — shundoq ham eng kam.

2000 yildan buyon YaMD o‘sishi $

Sabab nimada?

1990 yillarda bizning mamlakat oldida ikkita masala turgan edi:

1. Bozor iqtisodiga o‘tish. Buning uchun bozor iqtisodi institutlari va mexanizmlarini, xususiy tadbirkorlikni va raqobatni rivojlantirishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish kerak edi.

2. Iqtisodning muntazam o‘sishini ta’minlash va kelajakda aholi boyligi darajasini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkizish.    

Lekin, davlatning iqtisodga aralashuvi va tezlashtirilgan industrializatsiya (sanoatni rivojlantirish) siyosati oqibatida, yuqoridagi vazifalardan birortasi ham amalga oshirilmadi. Bozor islohotlari aslida "muzlatib" qo‘yildi

Davlatning iqtisodga faol aralashuvi, bozor mexanizmlari faoliyatiga mutlaq mos kelmas ekan. Xususan:

—  davlat aralashuvi bozor raqobatini yo‘q qilib, tijorat banklarining samarali sektorini yaratishga yo‘l qo‘ymas ekan;

—  Soliqlarning katta miqdori va ayrim sohalarga katta soliq imtiyozlari berish — raqobatbardosh xususiy biznes rivojlantishiga to‘sqinlik qilar ekan;

—  Import o‘rnini bosish siyosati va ichki bozorni himoyalash (proteksionizm) choralari ham biznesning kuchsizlantirib, raqobatning yo‘q bo‘lishiga olib kelar ekan;

—  bozor iqtisodi mexanizmlari ishlashiga yo‘l qo‘ymaydigan, mexanizmlar paydo bo‘ldi: konvertatsiyani cheklash, ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha majburiy davlat buyurtmasi kiritilishi, erkin konvertatsiyani cheklash, ma’muriy aralashuv va boshqalar;

Buning natijasida — o‘ta yomon sarmoyaviy muhit kelib chiqdi va u mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalarini jalb qilishni cheklab qo‘ydi. O‘zbekiston jamlangan sof chet el investitsiyalari ko‘rsatkichi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda. Vaholanki, bugungi kunda chet el sarmoyalarini jalb qilmagan holda sanoatni muvaffaqiyatli  rivojlantirishning imkoni yo‘q.

Odam boshiga jamlangan sof chet el investitsiyalari miqdori.

Muntazam iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratilmadi

Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha faol siyosat olib borilgan davrlarda (1996-2001, 2008-2016 yillarda)  sarmoyaviy xarajatlar katta bo‘lishiga qaramasdan,  ulardan keladigan foyda juda kam bo‘ldi. Nega?

Birinchidan, Merkantilizm siyosatida barcha sarmoyaviy qarorlar mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadi. Mansabdor shaxslar esa tadbirkordan tubdan farq qiladi:

— Ular birovning pulini xarajat qiladi;   

— Sarmoyaviy loyihalar kasodga uchraganda moddiy javobgarlikka tortilmaydi;

Shuning uchun ham, butun dunyo tajribasida davlat investitsion loyihalari xususiy loyihalardan ko‘ra samarasiz hisoblanadi. Undan tashqari, davlat sarmoya loyihalarida korrupsiya va turli yashirin sxemalar ko‘p uchraydi.

Ikkinchidan, katta miqdorda berilayotgan imtiyozlar va mavjud cheklovlar tufayli sarmoyadorlarning niyatlari ham boshqacha tus olgan. Uzoq yillik loyihalarga sarmoya kiritish o‘rniga, ular qisqa muddat ichida berilayotgan imtiyozlardan foydalanib katta foyda olishni maqsad qilishgan. Undan tashqari faqat imtiyozli valyuta kursidan foydalanib daromad olishni maqsad qilgan sarmoyadorlar ham yo‘q emas.

Uchinchidan, moliya bozorlarining rivojlanmagani va raqobatning yo‘qligi, investitsion loyihalar samaradorligini bozor nazoratidan xoli qiladi. Normal bozor iqtisodida raqobatning samarasiz biznes-loyihalarini saralab, chetga chiqarib tashlaydi. Shuning uchun tadbirkorlar doimiy ravishda o‘z faoliyatini rivojlantirib borishga majbur.

Banklar esa o‘z kreditlarini faqat samarali loyihalar bilan o‘zlarini ko‘rsatgan, muvaffaqiyatli tadbirkorlarga berishadi.

Bu borada batafsil quyida Nishanboy Sirojiddinovning intervyusida tanishib chiqishingiz mumkin.

Bozor munosabatlari, xususiy tadbirkorlik va raqobat rivojlanmagani hamda bozor tizimining siyosiy va huquqiy asoslari yaratilmagani tufayli O‘zbekiston iqtisodi innovatsiyalarni qabul qilishga qodir emas. Bu esa raqobatbardosh ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Xo‘sh, endi nima qilish kerak?

Biz merkantil iqtisoddan voz kechishimiz kerak. Uning o‘rnida bugun o‘zining samaradorligini isbotlagan iqtisodiy rivojlanish modelidan foydalanishimiz kerak.

Buguni eng samarali iqtisod modellarining 3 muhim asosiy xususiyati bor:

— Innovatsiyani maqsad qilgan iqtisod. Bunda iqtisodining har bir bosqichida, har bir sohasida ishtirrokchilar eng yuqori rahbardan tortib eng kichik ishchigacha — innovatsiya yaratishga harakat qilishi kerak. Bunday iqtisodda albatta, mualliflik va xususiy mulk huquqlari, raqobat qilish normalari mutlaq himoyalanishi va so‘zsiz bajarilishi kerak;

— Qo‘shimcha qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga harakat qilish. Faqat neft va gazga boby bo‘lgan mamlakatlar ushbu strategiyalarga amal iilmasligi mumkin. Buning uchun milliy biznesga ishlab chiqarishning imkon qadar uzunroq zanjirini yaratishga yordam berish kerak. Xom-ashyoni imkon qadar chuqurroq qayta ishlash, yirik ishlab chiqarish uyushmalari tashkil qilish va ho kazolar.

— Xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish. Barcha rivojlangan iqtisodlar xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, chunki bir mamlakat hududi ichida ko‘plab raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqraishning imkoni yo‘q. Xalqaro raqobatga dosh berish uchun, milliy iqtisoddan  chuqur ixtisoslashish talab qilinadi. Milliy iqtisod xalqaro bozorga o‘zining raqobatbardosh mahsuloti bilan chiqqan taqdirda, uning uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi, hajmi cheksiz bozorlar ochiladi.

Zamonaviy, raqobatbardosh iqtisod yaratish uchun bir qator choralar kerak. Xususan:   

— Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga xalal berayotgan, davlat tuzilmalari soni va funksiyalarini qisqartirish, markazlashgan davlat boshqaruvi  tizimini qisqartirib, mahalliy hukumatga ko‘proq vazifa topshirish, davlat xizatlari sifatini oshirish kerak;

— Markaziy bank pul-kredit siyosatini boshqarishning bozor mexanizmlariga o‘tishi, naqd pul aylanishiga qo‘yilgan cheklovlar oli tashlanishi kerak;

— Bank tizimi reformasi. Markaziy bank tomonidan protsent stavkalarini boshqarishni cheklash va moliya sektorida raqobatni rivojlantirishga sharoit yaratish kerak;

— Soliq tizimini mutlaq qayta ko‘rib chiqish kerak. Soliqlar sonini, soliq bosimini  qisqartirish, shaxsiy soliq imtiyozlaridan voz kechish va soliq boshqaruv tizimini soddalashtirish kerak.

— tashqi savdo siyosati islohoti. Erkin valyuta konvertatsiyasi, joriy operatsiyalar bo‘yicha valyuta almashtirishni yo‘lga qo‘yish, bojxona to‘lovlarini qisqartirish, import va eksport oldida turgan ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash;

— qishloq xo‘jaligi reformasi (majburiy davlat buyurtmasida voz kechish);

— iqtisodning davlat sektorini islohot qilish (boshqaruv tarkibini qayta ko‘rib chiqish, privatizatsiya qilish)

— sud tizimi islohoti va boshqalar

Bizning bolalarimiz va nabiralarimiz kelajagi qanday bo‘lishi, yuqorida aytilgan ishlar qanchalik tez va to‘g‘ri bajarishi hamda xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun sharoitlar qanchalik tez yaratilishiga — bevosita bog‘liqdir.  

Ushbu yo‘lda barchamizga muvaffaqiyat tilab qolaman!

Yuliy Yusupov.

Rus tilidan Begzod Rahmonov tarjimasi.

Yangiliklar lentasi
0