TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda Qalampir nashri.
Oliy Majlis binosida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda madaniyat, san’at, ma’naviyat, adabiyot va ommaviy axborot vositalari sohasida mavjud muammolar, ularni bartarf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalari ko‘rib chiqiladi.
Videoselektor yig‘ilishida barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda bir qator tegishli idora vakillari, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etadi.