TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi ochiq favqulodda yig‘ilishi ishida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi vaziyat muhokama qilindi.
14 iyul kuni terrorchilar tomonidan qilingan hujum oqibatida ikki politsiya xodimi o‘ldirishiga javoban Isroil hukumati Ibodat tepaligida nazoratni kuchaytirgandi. Metall aniqlagichlar va videokuzatuv tizimining o‘rnatilishi musulmon aholi orasida ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgandi.