TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi farmoniga muvofiq Saidkamol Saidkarimovich Xodjayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi qaroriga muvofiq Kadirxodjayev A’zam Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.