"Ti super! Tansi" tanlovi: o‘zbekistonlik ishtirokchilar Moskvaga yetib kelishdi

© NTV / SputnikLogotip konkursa "Ti super"
Logotip konkursa Ti super - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tez kunlarda NTV kanalida yangi mavsum va Sputnik agentligi o‘tkazayotgan "Ti super! Tansi" yangi shousi boshlanadi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Toshkent viloyatidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva, Monika Nadorbekovalar "Ti Super! Tansi" loyihasida qatnashish uchun Moskvaga yetib kelishdi.

Shouda qatnashish uchun sobiq SSSR hududidagi 13 davlatdan bolalar tanlab olindi. Tanlovda jami 145 nafar bola qatnashadi.

© Foto : Iz lichnogo arxiva"Ti super! Tansi" tanlovining o‘zbekistonlik ishtirokchilari
Uzbekskie uchastnisi proyekta Ti Super! Tansi pribili v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
"Ti super! Tansi" tanlovining o‘zbekistonlik ishtirokchilari

"Ti super! Tansi" xalqaro tanlovi Sputnik xalqaro agentligi va radiosi hamda NTV telekanali hamkorligida o‘tkaziladi.

Tanlov ota-ona qarovisiz qolgan, raqsga qiziquvchi bolalarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishni maqsad qilgan. Loyihada qatnashish o‘zini keng ommaga tanitish, mamlakatning eng yaxshi pedagoglari bilan birga ishlash, unutilmas taassurotlar olish, yangi do‘stlar va muxlislar orttirish imkoniyati demakdir.

Bahorda dastlabki "Ti super!" vokal tanlovi o‘tkazilgandi. Unda Rossiya va MDH mamlakatlaridan 92 ishtirokchi qatnashgan, abxaziyalik Valeriya Adleyba g‘olib deb topilgandi.

Yangiliklar lentasi
0