Bosh vazir shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentga TATUga kirishni maslahat berdi

© Novosti Uzbekistana / M. DjangirovElektronnaya shpargalka ne pomogla abituriyentu: Premyer-ministr posovetoval yemu postupat v TUIT
Elektronnaya shpargalka ne pomogla abituriyentu: Premyer-ministr posovetoval yemu postupat v TUIT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon paytida test sinovlariga shpargalka bilan kirishgan uringan abituriyent imtihondan chetlatildi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Abdulla Aripov bugun imtihonga elektron shpargalka bilan kirishga uringan "ixtirochi" abituriyentga Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga kirishni maslahat berdi, deb yozadi nuz.uz.

Xabarga ko‘ra, bugun O‘zekspormarkaz pavilonlarida Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon paytida abituriyentlardan biri test sinovlariga shpargalka bilan kirishgan uringan. U o‘z qo‘li bilan mo‘’jazgina elektron qurilma yasagan va test sinovlaridan ikki kun oldin hojatxonaga yashirib qo‘ygan. Test boshlanishi bilan u hojatga chiqib kelishga ruxsat so‘ragan. U yashirib qo‘ygan joyidan qurilmani olib, imtihon bo‘lib o‘tayotgan binoga qaytib kirishga uringan.

Imtihonga tayyorgarlik - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentmi yo jinoyatchi: 1-avgust tomoshalari

Ammo uning bu hiylasi o‘tmadi. Qurilma fosh etildi, "ixtirochi" esa imtihondan chetlatildi.

Aytilishicha, o‘sha vaqtda bosh vazir Abdulla Aripov test sinovlari qanday o‘tayotganligi bilan tanishish uchun kelib qolgan. U elektron shpargalkani qiziqish bilan ko‘zdan kechirgan, abituriyentning ixtirochiligini hazil aralash baholagan hamda unga Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga kirishni maslahat bergan.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida test imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Abituriyentlar lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirsa test jarayonidan chetlashtirilishi haqida ogohlantirilgandi.

Yangiliklar lentasi
0