Milliy aviakompaniya Novosibirskka parvozlar sonini oshiradi

© Commons.wikimediaSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 7-28 oktabri davrida A320 havo kemalarining qo‘shimcha reyslari joriy etiladi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi "Toshkent – Novosibirsk" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, "O‘zbekiston havo yo‘llari " MAK tomonidan 2017-yilning 7-28 oktabri davrida A320 havo kemalarining qo‘shimcha reyslari joriy etiladi.

Parvozlar shanba kunlari amalga oshiriladi.

Samolyot Toshkentdan soat 11:10da uchib ketadi va 16:00da Novosibirskka qo‘nadi. Soat 17:30da Novosibirskdan parvoz qiladi va 18:35da Toshkentga qo‘nadi (mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan).

Yangiliklar lentasi
0