TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Qirg‘iziston harbiy kuchlariga ikkita An-26 harbiy samolyoti beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Qirg‘iziston Bosh shtabi vakilining so‘zlariga asosan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2012-yilda Qirg‘izistonga bo‘lgan safari vaqtida Rossiya tomonidan Qirg‘iziston armiyasiga 1 milliard dollarlik texnik yordam ko‘rsatish haqida kelishib olishgan edi. Bugungi kunga qadar Rossiya Qirg‘izistonga bronetexnika, artilleriya tizimlari hamda turli o‘qotar qurollarga kerakli bo‘lgan o‘q-dorilar yetkizib berdi.
"O‘ninchi avgust kuni An-26 samolyotlarini topshirish hamda aviatsiya texnik-ekspluatatsiya bo‘limining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tadi. Kant shahrida joylashgan Rossiya aviabazasi hududida ochilgan yangi bo‘limda Qirg‘izistonga tegishli bo‘lgan aviatexnika ta’mirlanadi", — dedi suhbatdosh.
Qirg‘iziston Bosh shtabi ma’lumotlariga qaraganda, aviatsiya texnikasini hamda ta’mirlash ustaxonalari uchun kerakli bo‘lgan asbob-uskunalarni topshirish marosimi Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin boshchiligidagi delegatsiya hamda Qirg‘izg‘iston Bosh shtabi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, An-26 — harbiy-transport samolyotidir. Yukxonasining eshiga keng bo‘lganligi tufayli u yengil bronetexnika va katta hajmli yuklarnni tashish, shuningdek desant tashlash imkonini beradi. Ushbu samolyot ikkita turbo-vintli dvigatel hamda yana bitta qo‘shimcha reaktiv dvigatel bilan jihozlangan.
Qirg‘izistonning Kant shahridagi Rossiya aviabazasi 2003-yilda KXShTning Tez oyoqqa turuvchi kollektiv qo‘shnlarining aviatsiya bo‘linmasi sifatidia tashkil qilingan edi. Uning asosiy vaifasi yer usti operatsiyalarini havodan himoya qilishdir. Uchuvchilar tog‘li hududlarda vazifalarini bajarishga tayyorlangan.