TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. 1-avgust kuni Toshkentda jamoat transportlari qatnovi tong sahardan boshlab yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi shahar hokimligi matbuot-xizmati.
"2017 yil 1-avgust kuni Toshkent shahridagi oliy o‘quv bilim yurtlarida test-imtihonlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan barcha jamaot transportlari va metropoliten harakati ertalab soat 4:30dan yo‘lga qo‘yiladi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Samarqand shahri hokimi V. Rahimovning farmoyishiga ko‘ra 2017-yil 1-avgust kuni 06.00dan 13.00gacha shaharning ko‘plab ko‘chalarida qatnov vaqtincha taqiqlanishi haqida xabar berilgan edi.