O‘zbekistonda ehtiyojmand xotin-qizlarga uy kalitlari topshirildi

© uza.uzPrezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayushimsya klyuchi ot jilix domov
Prezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayushimsya klyuchi ot jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilda 385 nafar nogiron va ishga layoqatsiz bo‘lgan fuqarolar zamonaviy uylar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi, deb xabar qildi UzReport axborot agentligi.

Kvartira v novostroyke - Sputnik O‘zbekiston
Ipoteka-bank kreditga uy olish uchun qanday talablar qo‘yilganligini ma’lum qildi

Qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugunga qadar viloyat bo‘yicha uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 38 fuqaroga imtiyozli kredit asosida uy-joyli bo‘lish uchun boshlang‘ich badal to‘lovi prezident nomidan berildi. Bu imkoniyati cheklangan fuqarolarning barcha qatori farovon, emin-erkin hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratish yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasidir.

© uza.uzPrezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayushimsya klyuchi ot jilix domov
Prezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayushimsya klyuchi ot jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayushimsya klyuchi ot jilix domov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda uy-joyga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim joriy qilinmoqda. Ushbu tizimga muvofiq, shunday toifadagi ayollar ro‘yxati shakllantirilib, imtiyozli uylar uchun boshlang‘ich badal puli sifatida jami 4,2 mlrd so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi. Ana shunday yordam tufayli joriy yilda 385 nafar mehnatga layoqatsiz fuqaro zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0