Instagram`da O‘zbekiston bosh vazirining rasmiy sahifasi ish boshladi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur sahifa kuzatuvchilari ayni paytda 10 ming kishini tashkil etadi

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning rasmiy sahifasi faoliyat boshladi, deb xabar qildi "Darakchi".

Mazkur sahifa kuzatuvchilari ayni paytda salkam 10 ming kishini tashkil etadi.

Publikatsiya ot Aripov Abdulla (@aripov__a) Iyul 30 2017 v 9:23 PDT

Instagram — rasm va videolarni chop etish, almashish maqsadida foydalaniladigan bepul ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. 2013-yilning o‘zida foydanuvchilar tomonidan tarmoqqa 16 mlrd rasmlar yuklangan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni buyurdi

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Mirziyoyev O‘zbekistondagi har bir deputat ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntiga ega bo‘lishi lozim degan fikrni bildirgan edi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish vazifasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sh.Shermatovga topshirilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi suratlari Facebook tarmog‘ida e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0