TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. 1-avgust kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixonlari bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston mobil operatorlari tomonidan seshanba kuni soat 8:30 dan 13:30 gacha SMS, MMS xabarlar xizmati va internet o‘chiriladi.
"O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi sababli 01.08.2017 y. soat 08.30 dan 13.30 ga qadar kompaniya qo‘shimcha xizmatlari (SMS, MMS, WAP va GPRS) vaqtinchalik amal qilmaydi. Ovozli qo‘ng‘iroqlar odatdagi tartibda ishlaydi", — deyilgan "Beeline", ucell va "Payme"kompaniyalari matbuot-xizmatlari tarqatgan xabarda.
Uyali aloqa kompaniyalari noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘ragan.