Ukrainalik uchuvchining mahoratiga butun dunyo qoyil qoldi

© iseemirPovrejdeniya samolyota, kotoriy posadil Aleksandr Akopov
Povrejdeniya samolyota, kotoriy posadil Aleksandr Akopov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Atlas Global aviakompaniyasi uchuvchisi, ukrainalik Aleksandr Akopov qatiq shikastlangan samolyotni Otaturk aeroportiga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Atlas Global aviakompaniyasi parvozi istambuldagi Otaturk aeroportidan uchib chiqqanidan keyin 1500 metr balandlikda kuchli shamol va do‘lga (jala) duch keladi.

Muz parchalari samolyotning old qismini pachoq qilib, uchuvchilar kabinasidagi barcha oynalarni sindiradi. Oqibatda uchuvchilarga tashqaridagi hech narsa ko‘rinmay qoladi.

Ekipaj kapitani 121 nafar yo‘lovchi mingan samolyotni orqaga qaytarishga qaror qiladi. Samolyot qo‘nish yo‘lagini ko‘rish uchun uchuvchi faqat ochiladigan yon oynadan (fortochka) foydalanadi. Bir yonbashga og‘ib, nooddiy tarzda qo‘nayotgan samolyot hammaning diqqatini o‘ziga tortadi. Ko‘pchillik u hozir halokatga uchraydi, deb qichqira boshlaydi, lekin Akopov, samolyotni uchish yo‘lagiga mohirona qo‘ndirib, ekipaj a’zolarining va yo‘lovchilar hayotini saqlab qoladi.

Samolyot qo‘nganidan keyin Otaturk aeroprtining barcha xodimlari Akopov ekipajini olqishash uchun uchish maydonchasiga chiqishadi. Aeroporta uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan boshqa samolyotlar ekipajlari Akopovni chiroqlari yonib-o‘chirib qarshi oldi. Otaturk aeroportda shu damda bo‘lgan boshqa uchuvchilar kelib Akopovning qo‘lini shasan siqishdi.

Yangiliklar lentasi
0