TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Turkiyaning Istambul shahrida “Kiyimimga aralashma, hayotimga aralashma” shiori ostida ayollar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.
Turkiyada oxirgi bir necha yil davomida, ayollardan “eskicha uslubda” kiyinishni talab qilib, ularga tayziq o‘tkazish holatlarining ko‘paygani sabab bo‘lgan. Bugun turk ayollari kiyim tanlash bo‘yicha o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida ko‘chaga chiqishgan.
“Biz bunday talablarga bo‘y so‘nmaymiz, jim turmaymiz va qo‘rqmaymiz. Biz bunga qarshi kurashamiz va g‘olib bo‘lamiz”, — deb baqirishmoqda namoyishga chiqqan turk ayollari.
Namoyishchilar o‘z talablari ramzi sifatida kalta shimlar ko‘talib chiqishgan. Turk ayollarining ushbu talablarini oz sonli bo‘lsada, erkaklar ham qo‘llab-quvvatlashgan va ular bilan birga namoyishga chiqishgan.
#KıyafetimeKarışma dedik, karışamayacaksınız. Bugün 19.00'da Maçka Parkı'nda Havuz'da Çağla Köse için buluşuyoruz. Tüm kadınları bekliyoruz. pic.twitter.com/pSKucjPW8O
— Kıyafetime Karışma (@kiyafetekarisma) 30 iyulya 2017 g.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Turkiyada avtobus ichida kalta shim kiygani uchun qizga hujum qilgan erkak tasvirlangan videolavha turk jamoatchiligi orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.Bunga javoban ayollar avtobus ichida kalta yubka va shortiklar osib chiqishdi.
Otobüste bir kadına şort giydi diye tekme atarsanız, bütün otobüsleri şortla dolduran kadınlarla karşılaşırsınız. #KarışmaKıyafetime pic.twitter.com/DNqprJ5fQA
— Işıl Kurt (@isilkurt1) 26 iyulya 2017 g.
Forbes xabariga asosan oxirgi yillar davomida Turkiyada islom dini g‘oyalarini jamiyatga chuqurroq singdirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan imom-xatiblar maktablari soni 7 baravar oshgan. Xususan 2004-yilda bunday maktablar soni 73 mingtabo‘lgan bo‘lsa 2014-yilda ularning soni 546 mingtaga yetgan. Bugungi kunda ularda 1,6 mln kishi tahsil olmoqda. Prezident Toyyib Erdo‘g‘onning o‘zi ham Istambuldagi eng qadimiy imom-xatiblar maktablaridan birini yakunlagan.
Undan tashqari, Turkiyaning dunyoviy bilimlar berishga mo‘ljallangan oliygohlari ichida ham masjidlar qurish avj olgan. Turkiya diniy ishlar boshqarmasi – DIYANET, faqat 2014-yil davomida 80ta oliygoh va kampuslar ichida masjid qurgan.
Turkish women marched in Istanbul to protest against the violence and animosity they face from men demanding they dress more conservatively. pic.twitter.com/fIWvPYZZEz
— BREAKING VOP (@BreakingVop) 30 iyulya 2017 g.