Sergelida notanish qizni pichoqlagan erkak ushlandi

© Uzbek MDKXuligan udaril nojom devushku v kafe
Xuligan udaril nojom devushku v kafe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston JKning 277 moddasiga ko‘ra, (bezorilik, fuqaro sog‘lig‘iga zarar yetkizish, jamoat joyda belgilangan tartib qoidalarga amal qilmaslik) bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Ushbu yilning 27-iyul kuni soat 10:30 da Sirg‘ali tumanidagi “Rixsivoy” kafesida, notanish kishi mast holda fuqaro Mironova Lyudmila Petrovnaga (ismi o‘zgartirilgan) pichoq sanchadi va voqea joyidan g‘oyib bo‘lugan edi.

Toshkent IIBBning Sirg‘ali tuman bo‘limi tomonidan ushbu ish yuzasida o‘tkazilgan tergov-surishtiriuv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblab fuqaro Xamidxodjayev Rixsivoy Erkinovich qo‘lga olingan. Unga nisbatan O‘zbekiston JKning 277 moddasiga ko‘ra, (bezorilik, fuqaro sog‘lig‘iga zarar yetkizish, jamoat joyda belgilangan tartib qoidalarga amal qilmaslik)  bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB matbot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea guvohlar tomonidan olingan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan keyin katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.  O‘shanda jabrlangan qiz tez yordam avtomobilida 16 shahar kasalxonasiga olib ketilganligi xabar qilingan edi. Jabrlanuvchi hozir qanday ahvolda ekanligi haqida IIBB xabar qilmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0