O‘zbekiston banklari uzoq muddatli kredit berishga qiynalmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan rahbarining fikriga ko‘ra, bunga sabab Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasining 9% dan 14 %ga ko‘tarilishi bo‘lgan.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Markaziy bank raisi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayevning so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston banklari uzoq muddatli kreditlar berishga qiynalmoqda va aksariyat banklar avtokreditlar berishni to‘xtatib qo‘ygan.

“Ushbu yil boshidan buyon banklar fuqarolarga ko‘p miqdorda uzoq muddatli kreditlar bergan. Ayni damda, o‘z sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Respublikaning yetakchi banklari uzoq muddatli kreditlar berishni to‘xtatmoqda”, — dedi Xo‘jayev.

Xo‘jayev aytishiga qaraganda, avtokreditlar ham uzoq muddatli kreditlar bo‘lgani tufayli, ayrim banklar  ularni berishni to‘xtatgan, lekin bunday kreditlar berayotgan banklar hali ham bor ekan.

“Barcha kreditlar yollangan mablag‘lar evaziga beriladi. Agar mablag‘ bir yilga yollangan bo‘lsa, kreditlar ham ushbu muddatga beriladi”, — dedi rais o‘rinbosari.

Ravon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi banklar avtokredit berishni vaqtincha to‘xtatdi

GM Uzbekistan direktori vazifasini o‘tovchi Rustama Rajabov aytishiga qaraganda, u kishi banklar avtokredit dasturi ishga tushishi uchun juda ko‘p vaqt sarf qilgan, shunga qaramasdan aholi orasida avtokredit olishni istaydiganlar kam.

“Avtokreditla tizimi bizda o‘tgan oyda boshlangan edi. Banklar 5-yilga kredit bera boshladi. Bunga erishi  juda murakkab bo‘ldi. Men banklar ushbu yo‘nalishda ishlashi uchun necha tun uxlamay chiqqanimni o‘zim ham bilmayman. Hozir biz banklar bilan hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yganmiz. Har bir bank o‘z shartlari bo‘yicha kreditlar taklif qilmoqda. Kimdir 35% birinchi to‘lovni to‘lab, 24%ga uch yillik kredit olishni taklif qilmoqda. Kimdir 18%, yana kimdir ko‘proq.  Oxirgi vaqtda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini oshirganidan keyin, ayrim banklar kredit mablag‘larida yetishmovchilik his qila boshladi”, — dedi Rajabov.

Avtomobil zavodi rahbarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘pchillik kreditga avtomobil sotib olishni ma’qul ko‘rmaydi, chunki bu oxir oqibat qimmatga tushar ekan. Uch yillik kredit uchun avtomobil narxining yarmiga teng qo‘shimcha pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Podrobno.uz nashri xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0