Rustam Azimov: O‘zbekiston tashqi qarzi eng kam bo‘lgan mamalkatlardan biridir

© Flickr / Xadamoti matbuotVitse-premyer Uzbekistana Rustam Azimov
Vitse-premyer Uzbekistana Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi qarz miqdori YaIMning 16%iga teng.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo Savdo-iqtisodiy komissiyasining uchinchi majlisi davomida bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov O‘zbekiston tashqi qarzi eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olganini ta’kidladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

"Bugungi kunda O‘zbekistonning ichki qarzi no‘lga, tashqi qarzi esa YaIMning 16%ga teng", — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Rustam Azimov 2000-yildan buyon O‘zbekiston YaIMining hajmi dollar hisobida 5 baravar o‘sganini hamda2005 yildan buyon tashqi savdoning ijobiy balansi va davlat budjetining profitsiti saqlanib kelayotganini aytib o‘tdi.

Shuni qayd etish kerak-ki, ushbu ko‘rsatkich dunyoda eng kam ko‘rsatkichlardan biridir. Masalan, Rossiyaning tashqi qarzi 18,8%, Qozog‘istonniki —17,2 %ni, Gruziyaniki — 44,2%ni, Armanistonniki — 52,8%ni, Yunoniston va Italiyaning qarzlari esa 172 va 133 %ni tashqil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0