Samarqandda 1-avgust kuni qator ko‘chalarda transport qatnovi vaqtincha taqiqlanadi

© Sputnik / StringerMashini na ulitse Samarkanda
Mashini na ulitse Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan maqsad, Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdir

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Samarqand shahar hokimi V.Rahimovning farmoyishiga ko‘ra, 2017-yil 1-avgust kuni soat 06.00 dan 13.00 gacha shaharning ko‘plab ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha taqiqlanadi.

Probniy YeGE po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Davlat test markazi abituriyentlarning majburiyat va vazifalarini e’lon qildi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi veb saytida xabar berilmoqda.

Xabarda aytilishicha, bundan maqsad, Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdir.

Transport qatnovi vaqtincha taqiqlanadigan ko‘chalar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0