Talabalarga Toshkentda ro‘yxatdan o‘tish soddalashtiriladi - Prezident qarori

© UITToshkentdagi Inxa universiteti talabalari
Toshkentdagi Inxa universiteti talabalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro‘yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yangi qaroriga muvofiq O‘zbekiston poytaxtida tahsil oladigan talabalar uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorda aytib o‘tildi.

Diplom cho‘ntakda, kelajak qo‘lda, xayolda nima?! - O‘zbek talabalari hayotidan reportaj
"Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro‘yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqsin va ikki oy muddatda amaliyotga joriy qilsin", — deyiladi qaror matnida.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda poytaxtda tahsil oladigan talabalar ro‘yxatdan o‘tish masalalarida qator muammolarga duch kelmoqdalar. Ular vaqti-vaqti bilan ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tish yoxud qayta ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga murojaat qilishga majbur bo‘lishmoqda. Bu esa kerakli hujjatlarni taxlash uchun yugur-yugur va navbatlarda vaqt yo‘qotishni anglatadi.

Mirziyoyev imzolagan qarorga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bu masalaga joriy yilning sentabr oyiga qadar yechim topishlari nazarda tutilgan.

Prezidentning bu yangi qarori "registratsiya" masalasida ko‘plab muammolarga duch kelgan talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlanishida ajoyib tuhfa bo‘lishi shubhasiz.

Yangiliklar lentasi
0