Bugun 28-iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Gulnora Karimovani O‘zbekiston JKning bir qator moddalariga binoan aybdor deb topdi va besh yilga ozodlikdan mahrum qilinganini e’lon qildi.
Prokuratura xabariga ko‘ra Gulnora Karimova turli qonunbuzarliklar natijasida O‘zbekiston hukumati, jismoniy va yuridik shaxslarigaga tegishli bo‘lgan 2 mlrd dollarga yaqin pul mablag‘lari va mol-mulkka ega bo‘lgan. Bugungi kunda ushbu boyliklar Dunyoning turli mamlakatlarida, bank hisob raqamlarida va ko‘chmas mulk shaklida saqlanmoqda.