Gulnora Karimovaning advokati tergovni to‘xtatishni so‘radi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishDen rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shveysariyalik advokat aytishiga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Shveysariya prokuraturasidan tergov jarayonini to‘xtatishni so‘radi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Advokatning so‘zlariga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan.

Bunday sharoitda, advokat Karimovaning huquqlarini "qonuniy sud talabiga javob beradigan darajada" himoya qila olmasligi tufayli, u Shveysariya prokuraturasidan tergov ishlarini to‘xtatib turishni so‘ramoqda.

Undan tashqari, Manja aytishiga qaraganda, 2016-yilning dekabr oyida u Gulnora Karimova bilan uchrashgan vaqtda, Karimova O‘zbekistondagi sud jarayoni haqida advokatga hech narsa xabar qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning eng katta mablag‘lari aynan Shveysariyada saqlanmoqda. O‘zbekiston bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, u yerda 777,8 mln dollar pul mablag‘lari, hamda qiymati 18,5 mln frank (19,4 mln $) bo‘lgan villasi bor.
Yangiliklar lentasi
0