TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi tayinlandi, deb xabar qilindi O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.
"Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. B.Saidov ilgari "O‘zbekengilsanoat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — bosh menejeri bo‘lib ishlagan", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Xitoy aloqalari kegingi vaqtlarda yanada jipslashmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-15 may kunlari Xitoyda tashrifi davomida Xitoy va O‘zbekiston orasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostansiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolangan. Sal oldin esa ikki mamlakat tashqi savdo hajmini 10 mlrd dollardan oshirishga kelishgani haqida xabar bergan edik.