Gulnora Karimova nazoratidagi guruh o‘zgalarning mulk va mablag‘larini egallab olgan

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning nazorati ostida va ko‘magida uyushgan jinoiy guruh a’zolari fuqarolar va tadbirkorlarning mablag‘lari, ulushlari, mulkiy obyektlarini tovlamachilik yo‘li bilan egallab olishgan

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabariga ko‘ra, G.Karimovaning nazorati ostida va ko‘magida uyushgan jinoiy guruh a’zolari qator tovlamachilik jinoyatlarini sodir etishgan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabar berdi

Xususan, ular G.Gaibnazarovning "Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" OAJ va "Angren-sement" MChJdagi 4,1 mlrd. so‘mlik aksiyalari, 4 mln. AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, 17,3 mlrd. so‘mlik 2 ta kvartirasi, 4 uy-joyi (hovli) va 8 ta avtomashinasi, Sh.Axmedovning "KOLORPAK" va "NASHRIYOT UYI TASVIR" MChJdagi 1,9 mlrd. so‘mlik ulushi va boshqalarni tovlamachilik yo‘li bilan egallashgan.

Shuningdek, turli korxonalardagi davlatga tegishli aksiyalar va ulushlarni sotib olish, mulkiy obyektlarni xususiylashtirish va mahsulotlarni past narxlarda sotishda 344,6 mlrd. so‘mlik davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan ("O‘zdunrobita" QKdagi 131,9 mlrd. so‘mlik (49%), "Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD" MChJ shaklidagi QKdagi 14,6 mlrd. so‘mlik (67,1%), "Rubicon Wireless Communication" MChJ shaklidagi QKdagi 9,6 mlrd. so‘mlik (30%) davlat ulushi, 20,4 mlrd. so‘mlik 50 ta ko‘chmas mulk obyektlari va boshqalar) talon-toroj qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0