O‘zbekistonda overdraft kreditlari paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishKoshelek s dengami i bankovskimi kartami
Koshelek s dengami i bankovskimi kartami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro amaliyotda overdraft kreditlari - olish juda oson va foizi nisbatan past bo‘lgan kreditlar hisoblanadi. Iqtisodi barqaror bo‘lgan mamlakatlarda overdraft juda keng tarqalgan.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish nizomini tasdiqladi, deyilgan lex.uz saytida e’lon qilingan qonuniy hujjatda.

Overdraft o‘zi nima?

Overdraft — rus tilida "pererasxod", o‘zbekchada — hamonda boridan ko‘proq xarajat qilish imkoniyati, degan ma’noni anglatadi. Agar siz muntazam ravishda kartochkaga oylik olsangiz, ya’ni doimiy kafolatlangan daromadga ega bo‘lsangiz, bank siz bilan overdraft shartnomasi imzolashi mumkin. Bu bilan bank sizga kartochkangizda bor puldan ko‘proq xarajat qilib, keyin uni 12 oy ichida qayta to‘ldirishga imkoniyat beradi.

Xalqaro amaliyotda overdraft kreditlari — olish juda oson va foizi nisbatan past bo‘lgan kreditlar hisoblanadi. Iqtisodi barqaror bo‘lgan mamlakatlarda overdraft juda keng tarqalgan va aholining katta qismi undan tez-tez foydalanib turadi.

Yangi qonunda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda overdraft krediti nafaqat oylik maosh kartalariga,  balkim pensiya tulovlari hisob-kitobi uchun beriladigan kartochkalar orqali ham olish mumkin bo‘ladi. Bunday kreditlar faqat O‘zbekiston milliy valyutasida beriladi va uning hajmi o‘rtacha maosh yoki pensiyaning 3 baravarigacha miqdorda bo‘lishi mumkin.

Qaytarish muddati va foizi

Overdraft krediti 12 oygacha bo‘lgan muddatga, overdraft shartnomasiga ko‘ra bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi. Yillik foiz stavkasi bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Odatda, uning foizi boshqa kreditlarga nisbatan pastroq bo‘ladi.

Overdraft — bu osongina bankdan pul olib, keyin istagan vaqtda qaytarish imkoniyati deb tushunish noto‘g‘ri. Nizomda aytilishiga ko‘ra Overdraft — qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda tijorat banki kreditlashni to‘xtatadi va qonunda belgilangan qaytarish choralarini ko‘radi.

O‘zbekistonda overdraft kreditlar berish amaliyotning qo‘llanilishi, aholiga qo‘shimcha qulaylik tug‘diradi va iqtisodni rivojlantirishga yaxshi turtki bo‘ladi. Shunigdek kartochka tizimining naqd pulga nisbatan birinchi yutug‘i bo‘ladi, desak adashmaymiz.

Yangiliklar lentasi
0