TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti, barcha shahar va tumanlar hokimliklari top-menejerlari jamoatchilik transportidan foydalanadilar. Ostona hokimi Aset Isekeshev qo‘l ostida ishlovchi xodimlarga xuddi shunday topshiriqni berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.
"Poytaxt rahbariyati — shahar hokimidan tortib o‘rinbosarlargacha, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari haftada bir necha marotaba, shahardagi muassasa va boshqarma rahbarlari, tarkibiy tuzilma bo‘linmalari rahbarlari esa kunda bir marta jamoat transportlaridan foydalanishlari lozim", — degan Isekeshev payshanba kuni o‘tkazgan yig‘ilish chog‘ida.
Ostona hokimi sal avval EKSPO-2017 o‘tkazilayotgan vaqtda transport bilan ta’minlash va shaharda yo‘l harakatini tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan majlisda shahar avtobuslarida xizmat ko‘rsatish madaniyatini qattiqqo‘llik bilan nazorat qilishga va’da bergan.