TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Eron "Simorg" (Semurg‘) nomli tashuvchi rayektasining birinchi muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti IRINN telekanali xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, reketa yer shari orbitasiga sun’iy yo‘ldosh olib chiqqan. Raketaning foydali yuk tashish quvvati 100 kg gacha.
Wikipedia sahifasida xabar berilishiga ko‘ra bunday raketa qit’alararo zarba berishga mo‘ljallangan yadroviy raketa sifatida ham ishlatilishi mumkin. Uning zarba berish masofasi 5000 km. Raketaning uzunligi — 26-27 metr, diametri — 2,4 metr va boshlang‘ich og‘irligi 77-85 tonna.
Raketa Eronning Semnan shahri yaqinida qurilgan Xomeyni nomli kosmodromdan uchirilgan.