TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirida ishtirok etdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.
"Bugun — Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida yurtimizning barcha hududlarida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Milliy urf-odatimizga binoan ushbu marosimlarda elga osh tortildi. Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, duoi fotiha o‘qildi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday marosimda ishtirok etgani qo‘shimcha qilingan.