Toshkentda ichida yonilg‘i bo‘lgan sisterna yonib ketdi

© UzNewsV Tashkente zagorelas 10-tonnaya sisterna s goruchim
V Tashkente zagorelas 10-tonnaya sisterna s goruchim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki taxminlarga ko‘ra hodisaga yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi sabab bo‘lgan

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun Olmazor tumani Bayroqtol ko‘chasida joylashgan “Trest 12” qurilish korxonasi hududida ichida yonilg‘i-moylash xomashosi bo‘lgan sisterna yonib ketdi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra hodisaga yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi sabab bo‘lgan.

Toshkent shahar IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi vakili yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilganini, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmaganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0