TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki ekspert va mutaxassislari jismoniy shaxslar uchun valyutani erkin ayrboshlashni yo‘lga qo‘yish tartibini belgilaydigan hujjat ustida ishlayotganlarini xabar qildi MB raisi o‘rinbosari Xo‘jayev Saidkamol Toshkentdagi 26-iyul kuni Xalqaro press-klubda.
"Yaqin orada ushbu hujjat e’lon qilinadi. Bu katta yangilik bo‘ladi", — dedi Xo‘jayev.
Shuningdek, Xo‘jayev aytishiga qaraganda, bugungi kunda ayrim banklarga talab va taklifdan kelib chiqqan holda valyutani bozor narxida sotib olish va sotishga ruxsat berilgan. "Bu valyuta bozorini erkinlashtirishga qaragatilgan qadamlardan biridir", dedi MB vakili.
Jurnalistlarning naqd pul chib olish mumkin bo‘lgan bankomatlar qachon o‘rnatiladi, degan savoliga, Xo‘jayev bunga bosqichma-bosqich erishiladi deb javob berdi.
"Biz banklar bilan birgalikda axborot kiosklari sonini oshirishga harakat qilmoqdamiz. Bozor to‘liq erkinlashtirilganidan keyin, pul-kredit siyosatidagi maqsadlarga erishilganidan keyin g‘ biz bunga erishamiz. o‘zbek so‘mini istalgan vaqtda istalgan joyda olish mumkin bo‘ladi. Bunga juda yaqin qoldi", — dedi Saidkamol Xo‘jayev.